Линклар

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev Aqto‘bedaqurolli guruh bosqini tufayli odamlar halok bo‘lishi ortidan 9 iyunni “milliy motam kuni” deb e’lon qildi.

“Aqto‘be shahrida sodir etilgan terror xuruji natijasida harbiylar va fuqarolar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasida 2016 yil 9 iyunini milliy motam kuni, deb e’lon qilinsin”, deyiladi Nazarboev farmoyishida.

5 iyun kuni Aqto‘beda sodir bo‘lgan qurolli hujumda mahalliy aholi vakillaridan to‘rt kishi nobud bo‘lgan. Harbiy qismga qilingan hujumda esa Milliy gvardiya harbiylaridan uch kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, otishmalar chog‘ida bir necha politsiyachi, harbiy va mahalliy turg‘un yaralangani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG