Линклар

logo-print

Afg‘oniston rasmiylari toliblar G‘azni viloyatiga so‘nggi hujumlari chog‘ida qo‘lga olgan 12 nafar xavfsizlik xodimini qatl etganini aytmoqdalar.

Qunduz viloyat politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra esa, 8 iyun kuni Tolibon jangarilari katta yo‘lda bir avtobusni to‘xtatib, uning ichidagi 40 yo‘lovchini o‘g‘irlab ketganlar.

Politsiya vakili Mahfuzulloh Akbariy avtobus to‘xtatilganda yetti yo‘lovchi qochishga muvaffaq bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Afg‘on razvedkasi zobiti G‘ulom Muhammad Tohiriy G‘aznida qatl etilgan 12 kishining 7 nafari politsiyachi, 3 nafari askar va ikki nafari Milliy xavfsizlik boshqarmasi xodimi bo‘lganini bildirdi. Uning aytishicha, toliblar mahalliy aholi vakillarini 7 iyun kuni amalga oshirilgan qatl marosimini kuzatishga majbur qilganlar.

XS
SM
MD
LG