Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:37

Xalqaro reyting: O‘zbekiston tinchlik-osoyishtalik bo‘yicha dunyoda 109-o‘rinda


Sidneydagi Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan har yili e’lon qilib boriladigan Global Peace Index (Jahon tinchliksevarlik ko‘rsatkichi) da O‘zbekiston bu yil dunyodagi 162 mamlakat orasida 109-o‘rinni egalladi.

2015 yili mazkur reytingda O‘zbekiston 113-o‘rinda, 2014 yili esa 104-o‘rinda bo‘lgan. Demak, O‘zbekistonda tinchlik-xotirjamlik darajasi o‘tgan yilgidan yaxshiroq, ikki avvalgidan esa yomonroqdir.

O‘zbek rasmiylari ancha yillardan beri mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalikni o‘zlarining eng katta muvaffaqiyati o‘laroq taqdim etib keladilar.

“Jahon tinchliksevarlik ko‘rsatkichi”dagi ma’lumotlardan kelib chiqilsa, O‘zbekistondagi osoyishtalik darajasi hatto o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Qozog‘iston (75-o‘rin) va Turkmanistondagidan (106-o‘rin) yomonroq. Ayni paytda O‘zbekistondagi tinchliksevarlik vaziyati 122-o‘rindagi Tojikiston va 124-o‘rindagi Qirg‘izistondan yaxshiroq ekani qayd etiladi.

Bu yilgi Global Peace Index bo‘yicha Islandiya, Daniya, Avstriya, Yangi Zelandiya va Portugaliya dunyodagi eng tinch va osoyishta mamlakatlar, deya topilgan. Ayni paytda 5 yildan buyon urush olovi so‘nmayotgan Suriya, reyting mualliflariga ko‘ra, shu kunda dunyodagi eng xavfli mamlakat bo‘lib qolmoqda.

Mazkur reyting mamlakatdagi zo‘ravonlik va jinoyatchilik darajasi, qurollanish va mudofaa xarajatlari, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar, mamlakatda qurolli ziddiyat mavjud yoki emasligi, qochqinlar foizi va rasmiylarning inson haqlariga rioya qilishi doxil 23 ko‘rsatkich bo‘yicha tuzilgan.

XS
SM
MD
LG