Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:22

Bishkekda teolog olimning joniga qasd qilgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi


Bishkekda teolog Qadir Malikovning joniga qasd qilganlikda ayblangan ikki shaxsdan biri - Alibek Tilek uuluni mol-mulkini musodara qilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilish to‘g‘risida 9 iyun kuni Bishkek shahar, Birinchi may tuman sudi qaror qabul qildi.

Hukm o‘qilayotgan paytda sudlanuvchi Qur’on o‘qib o‘tirdi, o‘rnidan turishdan bosh tortdi, deyiladi xabarlarda.

Teolog Qadir Malikovga 26 noyabr kuni soat 19 lar atrofida Bishkekning Asanbay mavzesida hujum qilingan edi. Militsiya tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Malikov mavzedagi magazindan chiqib, mashinasi tomon borayotganida uning yo‘lini BMW mashinasi to‘sib qo‘yganini ko‘rgan. Malikov yo‘lni ochishni so‘ragan, lekin BMWdagi yigitlar yo‘lni bo‘shatishdan bosh tortgan va shundan so‘ng ular Malikovni kaltaklagan, yuzi va qo‘llarini pichoq bilan kesishgan.

Jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan 28 yashar Tilek uulu Alibek va 29 yashar Iriskul Beyshenalievlar Turkiyaning G‘aziantep shahrida qo‘lga olingan.

XS
SM
MD
LG