Линклар

logo-print

O‘zbekistonda katta miqdorda moliyaviy firibgarlik qilganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiya sudi qarori bilan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Bu haqda xabar qilgan Moskva oblasti prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Shukrullo Qo‘ziev 2005 yildan 2007 yilgachaO‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Qo‘ziev jinoiy guruh tahrkibida shu guruh nazorati ostidagi bankka katta miqdordagi ustama foizlar va’da qilish evaziga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini jalb etgan.

Keyinroq Qo‘ziev bir qator soxta tashkilotlar tuzgan va ularga bankka jalb etilgan pul mablag‘lari soxta kredit shartnomalari asosida o‘tkazilgan va so‘ngra pullar naqdga aylantirilib, o‘zlashtirilgan.

Aytilishicha, Shukrullo Qo‘ziev va uning sheriklari hammasi bo‘lib 9,9 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan.

XS
SM
MD
LG