Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:11

Mariya Sharapova Katta tennisdan 2 yilga chetlatildi


Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun uni ikki yilga katta tennisdan diskvalifikatsiyalagan Xalqaro tennis federatsiyasi qarori ustidan shikoyat arizasi kiritadi.

Bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida qoldirgan nomasida qaror ustidan Sport arbitraj sudiga murojaat qilajagini bildirgan.

Diskvalifikatsiyalangani uchun Sharapova Rio-de-Janeyroda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Katta shlem turnirining 5 karra g‘olibasi, shuningdek, Avstraliya-2016 Ochiq chempionatida qozongan reyting ballari hamda mukofot pullaridan ham mahrum bo‘ladi. Mazkur chempionatda u chorak finalga chiqqan edi.

7 martda AQShda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Mariya Sharapova yanvarda, Australian Open o‘yinlari payti topshirgan doping-testida meldoniy preparati aniqlanganini aytgan. Mariya Sharapova meldoniyni bir necha yildan buyon iste’mol qilib kelganini tan olgan va aytishicha, bu preparatning 1 yanvardan boshlab taqiqlangan preparatlar ro‘yxatiga kiritilganini bilmagan.

XS
SM
MD
LG