Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:18

O‘zbekistonda 2015 yili 25000 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi


2015 yilda O‘zbekistonda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6648 jinoyat fosh etilgan. Qiyoslash uchun: 2014 yilda — 6698 ta. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining yillik tahliliy hisobotiga tayanib gazeta.uz nashri xabar qildi.

Umumiy narkojinoyatlarning 3017 tasi giyohvand moddalarning sotilishi, 706 tasi— kontrabanda va 1301 tasi— tarkibida narkotik bor o‘simliklarni noqonuniy yetishtirish bilan bog‘liq.

O‘tgan yili noqonuniy aylanmadagi 2,5 tonna narkotik modda, shu jumladan, 147,9 kg geroin , 882,3 kg opiy, 1 tonnadan ziyodroq marixuana, 250,2 kg gashish, 204,7 kg ko‘knori va 7184 tabletka psixotrop modda olib qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG