Линклар

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi 9 iyun kuni mahalliy diniy arbob Chubaq hoji Jalilovga rasmiy ogohlantiruv e’lon qildi.

Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, Jalilov o‘z chiqishlarida juma namozi o‘qish uchun tushlik vaqtini bir soatga cho‘zish to‘g‘risida qonunga o‘zgartirish kiritish talabini ilgari surib kelgan. Biroq bu haqdagi qonun loyihasini parlament rad etganidan so‘ng Chubaq hoji Jo‘g‘o‘rqu Kenesh deputatlarini keskin tanqid qila boshlagan va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi buni qabul qilib bo‘lmaydigan holat, deb baholagan.

Chubak hoji Jalilov bilan Qirg‘iziston parlamenti deputatlari o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG