Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:15

Savchenko separatchilar bilan bevosita muzokaralar olib bormoqchi


Nadejda Savchenko
Nadejda Savchenko

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlarga barham berish uchun Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan ayirmachilar bilan muzokara olib borishga tayyor ekanligini to‘g‘risida bayonot berdi.

7 iyun kuni Savchenko Rossiya, Ukraina, Fransiya hamda Germaniya ishtirokida olib borilayotgan hozirgi muzokaralardan ko‘ra ayirmachilarning etakchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish samaraliroq bo‘lishiga ishonishini aytdi.

“Era” radiokanali bilan suhbatda Savchenko “Dastlab Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirish kerak, chunki Rossiya chekinishi kerakligini hali tushunib etgani yo‘q. So‘ngra Minsk shartnomalarisiz ayirmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish kerak. Ya’ni, uchinchi, to‘rtinchi taraflar ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish kerak”, dedi.

Savchenko o‘zini Donetsk xalq respublikasi (DNR) va Lugansk xalq respublikasi (LNR) deb e’lon qilib olgan hududlar etakchilari hisoblanmish Aleksandr Zaxarchenko hamda IgorьPlotnitskiylar bilan shaxsan uchrashishga tayyor ekanligini aytdi.

O‘tgan yilda Belorus poytaxtida boshlangan tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan ayirmachilar vakili Denis Pushilin Savchenkoga rasmiy vakil maqomi berilsa, Zaxarchenko bilan Plotnitskiy u bilan uchrashishga rozi bo‘lishini bildirdi.

“Interfaks” agentligi bilan suhbatda Pushilin “Bu juda g‘alati, lekin Savchenko xonim Donbass vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dialog boshlashni taklif qilgan yagona shaxs bo‘ldi. Axir Minsk kelishuvlarida aynan shu narsa ko‘zda tutilgan”, deya ta’kidladi.

“Shunday ekan, agar Nadejda Savchenkoga yetarli vakolatlar berilsa, u bilan diaolog qilishga tayyor turamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya sudi Savchenkoni Ukraina sharqida ikki rus jurnalistining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblab, 22 yillik qamoq jazosiga hukm etgan edi. Qamoqdaligida milliy qahramonga aylangan 35 yoshli uchuvchi ayol mazkur hodisaga aloqadorligini inkor qilgan va o‘zining o‘g‘irlanib, Rossiyaga noqonuniy tarzda olib kelinganini aytgan.

O‘tgan oyda Savchenko Ukrainada ushlab turilgan rossiyalik ikki askar qo‘yib yuborilishi evaziga ozod qilindi. O‘tgan haftada esa u Ukraina parlamenti deputati bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG