Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:53

O‘zbekcha so‘zlarga solinayotgan yamoq, o‘zbek olimlarining yangi ixtirosi, moskvichsotarlar firibi


“Hurriyat” gazetasi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek adabiy tilini buzmaslikni tavsiya qilmoqda. O‘zbekistonlik olimlar yarani tez bitkazuvchi malham ixtiro qildi. Firibgarlar eski “Moskvich”ni “Matiz” alishtirish haqida mish-mish tarqatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekcha so‘zlarga yamoq solinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek adabiy tilini qo‘pol ravishda buzish ko‘paymoqda (“Hurriyat”, 8 iyun). Masalan, “Do‘stlar, shoshiling, kechikyapsiz” gapi ijtimoiy tarmoqlarda “D6slar wowilin ke4ikvosiz” tarzida yozilmoqda. Muallif bunday “shifrli bitiklar”ni o‘zbek adabiy tiliga hurmatsizlik, so‘zga yamoq solish deb ataydi. “Ko‘rkam ko‘rinish uchun sochimizni taraymiz, ozoda kiyinamiz. Tilimiz-chi, qachon uni o‘zimiz kabi andozaga keltirib, “ustboshini orastalab”, unga jilo beramiz? Keling, shu ishni ijtimoiy tarmoqdan boshlaylik”, deb yozadi gazeta.​

O‘zbekistonlik olimlar yarani tez bitkazuvchi malham ixtiro qildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti olimlari yara bitkazuvchi malham ixtiro qildilar (“Oila davrasida”, 9 iyun). Intellektual mulk agentligi xabariga ko‘ra, bu vositani yara bitkazuvchi malham va in’eksiya uchun eritma sifatida qo‘llash mumkin. U tiklovchi va keng davolovchi (mikroblarga qarshi, yara bitkazuvchi, og‘riqsizlantiruvchi) xususiyatlarga ega.

“Moskvich”ni “Matiz” alishtirish mumkinligi haqidagi mishmishlar – firibgarlarning navbatdagi hunari!

Feysbuk tarmog‘ida eski “Moskvich”ning ustiga 500 dollar qo‘shib berib, “Matiz”ga ega bo‘lish mumkinligi haqida xabar tarqaldi. “Darakchi” xabariga ko‘ra, bunga sabab sifatida “Moskvich”ning kapoti platinadan, klapani esa iridiydan yasalgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Qayd etilishicha, bu firibgarlarning odamlarning laqqa tushirish yo‘lidagi navbatdagi urinishidir. Firibgarlar avval bozordan “Moskvich” rusumidagi eski mashinalarni arzongarovga sotib olgan. Endi esa ularni odamlarga bir necha baravarga qimmatga sotish uchun mazkur shov-shuvni tarqatgan. “Mish-mish ishqibozlari uchun eslatma: na “Moskvich”, na boshqa eski mashinalar kapotida (motorida, akkumulyatorida, buferida va boshqa “a’zolari”da) hech qanday qimmatbaho metall (oltin, platina, kumush, osmiy, iridiy va hokazolar) yo‘q! Bo‘lishi ham mumkin emas”, deb yozadi muallif.

XS
SM
MD
LG