Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:29

Muhammad Alining janozasida 14 ming kishi qatnashdi


Afsonaviy bokschi Muhammad Alining janoza namozida 14 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. AQShning Luisvill shahrida 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan marosimga dunyoning turli burchaklaridan musulmonlar yetib kelgan.

Janoza marosimi Muhammad Ali 1960 yili birinchi jangini o‘tkazgan va g‘alaba qozongan Freedom Hall sport maydonida bo‘lib o‘tdi. Mashhur bokschi janozasida yosh ham, qari ham, oq tanli ham, qora tanli ham, musulmon ham, nasroniy ham, yahudiy ham qatnashdi. AQShdagi musulmonlarning taniqli arboblaridan biri Zayd Shokirning aytishicha, Ali “hammani yaxshi ko‘rgan”.

Muhammad Ali uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 3 iyun kuni 74 yoshida olamdan o‘tgan. U siyosiy faolligi va insonparvarlik faoliyati bilan ham tanilgan.

Muhammad Ali bugun Luisvillda Islom ahkomlariga muvofiq ravishda tuproqqa qo‘yiladi.

XS
SM
MD
LG