Линклар

logo-print

Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod shaharlarida 2010 yili sodir bo‘lgan millatlararo nizoga bugun olti yil to‘ldi.

2010 yilning 10 iyunida O‘sh shahrida boshlangan va keyinchalik Qirg‘iziston janubidagi boshqa hududlarga yoyilgan etnik nizolar chog‘ida, qirg‘iz rasmiylari hisobicha, 442 kishi halok bo‘lgan, minglab odam yaralangan.

To‘qnashuvlarda qurbon bo‘lganlarning 295 nafarini, ya’ni 70 foizini o‘zbeklar, 123 nafarini yoki 29 foizdan ortiqrog‘ini qirg‘izlar tashkil qilgan. Iyun voqealari paytida bir rus, bir pokistonlik va bir uyg‘ur ham nobud bo‘lgan.

Olti yil avvalgi qonli voqealar bo‘yicha hozirga qadar 545 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 400 nafari o‘zbek, 133 nafari qirg‘iz va sakkiz nafari boshqa millat vakillaridir.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev o‘tgan oydagi chiqishlaridan birida 2010 yilgi O‘sh qirg‘inini xorijiy maxsus xizmatlar generallari uyushtirgani haqida bayonot bergan.

XS
SM
MD
LG