Линклар

Payshanba kuni soat 22.30 lar atrofida O‘zbekiston poytaxtining Yakkasaroy tumanida joylashgan tekstil zavodi hududida bir necha portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda Darakchi nashri xabar tarqatdi.

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayangan holda voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar brigadalari ketganini ma’lum qilgan nashr portlash va yong‘in sabablariga aniqlik kiritmaydi.

Kuchli yong‘inga tekstil zavodi yaqinidagi ko‘p qavatli uylarda yashaydigan odamlar ham guvoh bo‘lgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG