Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:11

Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir pichoqlab ketildi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki noma’lum shaxs 48 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroni pichoqlab qochdi. Chavaqlangan o‘zbek muhojiri Faxriylar shohko‘chasida joylashgan avtobus bekatidan topilgan.

Muhojir “tez yordam” mashinasiga solinayotgan paytda jon bergan.

Rossiya nashrlariga ko‘ra, marhum muhojir Peterburgda vaqtincha qayddan o‘tgan bo‘lgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov-qidiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Guvohlar qotillikni amalga oshirib, voqea joyidan qochgan 20-25 yoshlardagi ikki kishining ko‘rinishini tartib posbonlariga tasvirlab berganlar.

XS
SM
MD
LG