Линклар

Payshanba kuni soat 22.30 lar atrofida O‘zbekiston poytaxtining Yakkasaroy tumanida joylashgan sobiq tekstilь zavodi hududida bir necha portlash sodir bo‘ldi. Poytaxtliklar yong‘in shu’lalarini shaharni turli chekkalaridan ko‘rishgan. Guvohlar gaz ballonlarining portlaganini aytishmoqda.

Hodisa yuz bergan joyda istiqomat qiluvchi ayrim internet foydalanuvchilarning yozishicha, yong‘in ro‘y bergan joyda sakkiz marta portlash ovozi eshitilgan.

. Poytaxtliklar yong‘in shu’lalarini shaharni turli chekkalaridan ko‘rishgan.

. Poytaxtliklar yong‘in shu’lalarini shaharni turli chekkalaridan ko‘rishgan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiylari yong‘in Texnopark hududida ro‘y berganini aytishmoqda. Yong‘in sabablari ma’lum emas.

Jabrlanganlar haqida ham ma’lumot yo‘q.

Yakkasaroy tumanidagi Texnopark ikki yil avval sobiq Toshkent tekstil kombinati o‘rnida tashkil qilingan edi.

Maydoni 65 gektar bo‘lgan hududda 250 ta kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Yong‘in ro‘y bergan kuni Toshkentda issiq 50 darajadan tepada ekani qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG