Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:38

O‘zbekistonda IShIDga qo‘shilishga uringan 6 odamga hukm o‘qildi


O‘zbekistonning Samarqand viloyati sudi Suriyaga ketib “Islomiy davlat” ekstremist guruhiga qo‘shilishni rejalagani aytilayotgan 6 shaxsni olti yildan to‘qqiz yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan maxrum qilish haqida hukm chiqardi.

Samarqandning Payariq tumanidan bo‘lgan besh erkak va bir ayol viloyatda radikal islomiy g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanganliklari aytilmoqda.

Ular “Islomiy davlat” ekstremist guruhi saflariga qo‘shilish uchun Suriyaga ketishga uringan paytda qo‘lga olingan.

“Qo‘lga olish payti ular yonidan ekstremistik adabiyotlar, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda islomiy davlat qurish chaqiriqlari yozilgan videomateriallar topilgan. Sudda ayblanuvchilar o‘zlariga qo‘yilgan aybni bo‘yniga oldi. Sud ularni olti yildan to‘qqiz yilgacha qamash haqida hukm chiqardi. Ayolga shartli ikki yillik qamoq jazosi tayinlandi”, - deb xabar berdi Sputnik xabara agentligi.

So‘nggi oylar davomida O‘zbekistonda “Islomiy davlat” guruhiga aloqadorlik iddaolari bilan 200dan oshiq odam qo‘lga olingani aytilmoqda.

Bryusseldagi Bo‘xronlarni o‘rganish guruhiga ko‘ra, hozir ikki mingdan to‘rt mingtagacha markaziy osiyolik “Islomiy Davlat” guruhi saflarida jang qilishmoqda va ularning eng katta sondagisi etnik o‘zbeklardir.

XS
SM
MD
LG