Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:34

Kurd janggarilari Istanbuldagi portlashlarga mas’uliyatni zimmasiga oldi


“Kurdiston ozodligi lochinlari” deya ataluvchi guruh 7 iyun kuni 11 odam o‘limiga sabab bo‘lgan Istanbuldagi portlashlarga mas’uliyatni zimmasiga oldi.

Guruh mazkur hujum Turkiya armiyasining mamlakat janub-sharqiy hududlarida amalga oshirayotgan amaliyotlariga javob ekanini bildirdi.

Shuningdek, “Kurdiston ozodligi lochinlari” xorijlik sayyohlarni xavfsizlik vajidan Turkiyaga safar qilmaslikka chaqirdi.

7 iyun kuni ertalab Istanbulning sayyohlarga gavjum Boyazid maydonida ro‘y bergan portlashda 11 odam halok bo‘lgan, o‘ttizdan ortiq odam yaralangandi.

“Kurdiston ozodligi lochinlari” deya ataluvchi guruh mart oyida o‘ttizdan ortiq odam o‘limiga sabab bo‘lgan Anqaradagi terror hujumlariga ham mas’ulligini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG