Линклар

logo-print

Fransiyada Yevro-2016 futbol o‘yinlari boshlanishi oldidan poytaxt Parij va boshqa shaharlarda xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi.

Parij shahri hokimining muovini Jan-Fransua Martens shaharda politsiyachilar soni ko‘paytirilganini bildirdi.

Bugun Parijning Sen-Deni mavzesidagi Stad-de-Frans o‘yingohida Yevro-2016 o‘yinlarining ochilishi bo‘ladi.

Ayni stadionda bugun mezbon jamoa Fransiya Ruminiya jamoasi bilan bellashadi.

Musoboqalar bir oy davomida Fransiyaning o‘nta shahrida o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG