Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:20

O‘zbekistonlik Shavkatbekning Moskvada yo‘qolgan pasporti akasiga topshirildi


Moskvada yo‘qolgan bu pasport Ozodlikda e’lon chiqqan kunning ertasiga egasining akasiga topshirildi.
Moskvada yo‘qolgan bu pasport Ozodlikda e’lon chiqqan kunning ertasiga egasining akasiga topshirildi.

10 iyun ertalab Moskvada tojikistonlik 45 yashar Bahodir o‘zbekistonlik Shavkatbek Qobilovning yo‘qolgan fuqarolik pasportini uning akasi Shuhratbekka topshirdi.

Bu haqda Ozodlikka Bahodirning o‘zi xabar qildi.

Pasportni Bahodirning qo‘lidan olganini Shuhratbek Qobilov tasdiqladi.

Ozodlik 9 iyunda o‘zbekistonlik Qobilov Shavkatbekning fuqarolik pasporti suratini e’lon qilgan edi.

Pasport suratini Ozodlikka Moskvada ishlab yurgan tojikistonlik o‘zbek Bahodir jo‘natgan va biz o‘zining roziligi bilan Bahodirning telefon raqamlarini e’lon qilgan edik.

Bahodirning aytishicha, pasportni unga millati rus noma’lum shaxs keltirib bergan.

9 yildan beri Rossiyada ishlab yurgan, hozirda Moskvada farroshlik qilayotgan Bahodir bilan bugungi muloqot davomida pasportning qaytarilishi tafsilotlarini so‘radik. Tojikistonlik mehnat muhojiriga uning hayotiga oid boshqa savollarni ham berdik.

Тожикистонлик Баҳодир билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:21 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG