Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:05

O‘zbekiston hukumati ramazon oyida "dindorlarga nisbatan terrorni kuchaytirmoqda"


"O‘zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi" tarqatgan xabarda iddao qilinishicha, O‘zbekiston hukumati ramazon oyida "dindorlarga nisbatan terrorni kuchaytirmoqda".

Guruh rahbari Surat Ikromovning ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Chinoz shahrida militsiya xodimlari ayni shahar yashovchisi Marhamat Mirzaeva va uning kelini Nigora So‘pijonovani 6 va 9 iyunda kun davomida militsiya bo‘linmasida ushlab turganlar.

62-yashar Marhamat Mirzaeva Ozodlik bilan suhbatda u va uning kelinini "hech ayblov ilgari surmay, jazirama issiqda" so‘roqsiz tutib turilganini aytdi.

Marhamat Mirzaevaga ko‘ra, militsiya xodimlari so‘nggi paytlarda undan Moskvada ishlayotgan 39 yashar o‘g‘li Olim So‘pijonovni O‘zbekistonga qaytarishni talab qilmoqdalar.

Марҳамат Мирзаева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:28 0:00
Бевосита линк

Surat Ikromov Marhamat Mirzaevaning bir inisi 1998 yilda O‘zbekistonni tark etishi ortidan, bu oilaga huquq-tartibot idoralari bosimi to‘xtamaganini bildirdi.

Uning ilova qilishicha, so‘nggi kunlarda Qashqadaryo viloyatidagi 64.51 raqamli Koson jazo koloniyasida ro‘za tutgan dindor mahkumlarga nisbatan bosimlar kuchaygan.

Cурат Икромов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:09 0:00
Бевосита линк

Diniy erkinliklar vaziyatini tahlil qiluvchi aksar xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini mamlakat mustaqil bo‘lganidan buyon dindorlar huquqlarini toptab kelayotganlikda ayblaydilar.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati aynan "terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash" bahonasida oddiy dindorlarga nisbatan ta’qiblarini to‘xtatgani yo‘q.

Biroq bu tanqidlarni hech qachon tan olmagan, rasmiy Toshkent odatda xalqaro tashkilotlarni O‘zbekistondagi haqiqiy vaziyatni bilmaslikda ayblaydi.

XS
SM
MD
LG