Линклар

Parijning Sen-Deni mavzesidagi Stad-de-Frans o‘yingohida Yevro-2016 futbol chempionatiga start berildi.

Ayni stadionda bo‘lib o‘tgan dastlabki bellashuvda mezbon jamoa Fransiya Ruminiya jamoasini 2-1 hisobida yengdi.

Ayni paytda Fransiyada Yevro-2016 futbol o‘yinlari boshlanar ekan poytaxt Parij va boshqa shaharlarda xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi.

Parij shahri hokimining muovini Jan-Fransua Martens shaharda politsiyachilar soni ko‘paytirilganini bildirdi.

Musobaqalar bir oy davomida Fransiyaning o‘nta shahrida o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG