Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:35

Buryatiyalik erkak zerikkannidan o‘zbek mehnat muhojirini otib o‘ldirgan


Rossiyaning Buryatiya o‘lkasida erkak zerikkanidan o‘zbekistonlik mehnat muhojirini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirgan.

Voqea 9 iyun kuni Xuray-Xobok qishlog‘ida ro‘y berdi. Erkak bu jinoyatga mast xolatda, extiyotkorsizligi sababqo‘l urgani aytilmoqda.

Ayrim boshqa guvohlar esa qotillik tasodif bo‘lmagani, u o‘zbekistonlikni ataylab o‘ldirganini aytishmoqda.

Ayni qishloqda yashovchilardan birining politsiyaga guvohlik berishicha, erkak uyidan ov miltig‘i bilan chiqib "bugun kimni o‘ldirsam ekan", degan va o‘q uzgan.

Hozirda mazkur qotillik yuzasidan Rossiya militsiyasi tergov olib bormoqda.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning ismini militsiya ochiqlamayapti. Aytilishicha, u mahalliy fermerlik xo‘jaliklaridan birida ishlagan.

XS
SM
MD
LG