Линклар

Kelasi oydan O‘zbekistonda mahalliy telefon aloqasi hamda mamlakat ichida va xorijga telegramma yuborish xizmati narxlari oshadi.

Jumladan, shahar telefoni oylik abonent to‘lovi 2040 so‘mdan 2350 so‘mga, qishloq joylarda 900 so‘mdan 1035 so‘mga oshiriladi.

1 iyuldan O‘zbekiston ichida va xalqaro yo‘nalishlar bo‘ylab telegramma jo‘natish narxlari ham qimmatlaydi.

O‘zbekiston bo‘ylab telegrammaning bitta so‘zi uchun to‘lov 37 so‘mdan 44 so‘mga,tezkor telegrammada 184 so‘mdan 220 so‘mga oshadi.

O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar so‘ngi bor 2015 yil iyulida oshgan edi.

XS
SM
MD
LG