Линклар

Toshkentning Yunusobod tumanida kollej o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, 17 yoshli bola maktabda o‘qituvchisi va gurppadoshlari tomonidan davomli tahqirlanavergach o‘zini osgan. Biroq, bola o‘qigan kollej rahbariyati bu iddaolarni keskin inkor qilmoqda. Toshkent militsiyasi bu yuzadan tergov boshlagan.

Yunusobod tumanida o‘z joniga qasd qilgan kollej o‘quvchisining ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum.

Lekin tergov vajidan va ahloqiy sabablarga ko‘ra, uning shaxsini ochiqlamaydi.

Voqea 6 iyun kuni sodir bo‘ldi. O‘sha kuni o‘quvchi kollejdan o‘ta asabiy xolda uyiga kelgan. Keyinchalik u uyida osilgan xolda topilgan.

Toshkent huquq-tartibot organlaridagi Ozodlik manbasi bola nima uchun o‘z joniga qasd qilgani mavhum bo‘lib qolayotgani, bu yuzadan militsiya tergov olib boratganini aytdi.

Qo‘shnilari esa bola kollejda doimiy kamsitilgani, izza qilingani sabab o‘zini osib qo‘ygan bo‘lishini aytishadi.

- Bu bola o‘zi qibraylik, tog‘asini uyida yashab kollejga qatnar edi. Uyida osib qo‘ygan. Uyidagilarni aytishicha, kollejda uni xo‘rlashgan, tengqurlarini oldida kamsitishgan. Bu bola chiday olmay, osib qo‘ygan, - dedi ismi sir qolishini istagan yunusobodliklardan biri.

Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining a’zosi Shoira Sodiqbekova Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitilishi odatiy xolga aylanganini aytadi.

- Maktablarda , kollejlarda o‘qituvchilar tomonidan tazyiqqa uchrab, kamsitilish, xo‘rlashlarga uchrab, shunaqa xolatlar juda ham ko‘p bo‘lyapti. Asosiy sababi pul. Maktabda yig‘iladigan pul. Qaysi oila bera oladi, qaysisi berolmaydi. Berolmagan oilasini xoliga voy, - deydi Shoira Sodiqbekova.

O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘p uchramoqda.

O‘tgan yili Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 7- sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgani haqda Ozodlik xabar bergandi.

Maktab direktori qizning telefonidan behayo rasmlarni topib olib, uni sinfdoshlari orasida masxara qilgan va uyatga qolgan qiz uyida o‘zini osgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida paxta terimiga safarbar etilgan Taxiatosh kasb-hunar politexnika kollejining uchinchi kurs o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgandi.

2014 yilning avgust oyida Samarqand viloyati Nurobod tumaniga qarashli Sazag‘an qishloq fuqarolar yig‘inida 17 yashar ikki qiz kuppa-kunduz kuni o‘zini osib o‘ldirgani butun qishloqni larzaga solgandi.

XS
SM
MD
LG