Линклар

OzodMikrofon: “Bir oyda yarim kilo go‘sht esak xursand bo‘lamiz”

  • Садриддин Ашур

Birinchi guruh nogironi qo‘qonlik Farhodjon Imomnazarov bugun yordamga muhtoj

Birinchi guruh nogironi qo‘qonlik Farhodjon Imomnazarov bugun yordamga muhtoj

Qo‘qon shahrida yashaydigan birinchi guruh nogironi Farhodjon Imomnazarov OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilib, nogironlarning bugun juda og‘ir ahvolda yashayotgani, pensiyalarining juda ham ozligi, ularning xorij davlatlariga borib davolanish imkoni umuman yo‘qligi haqida gapirdi.

Qo‘qon shahrining Istiqlol ko‘chasidagi 102-uyning 2-kvartirasida istiqomat qiladigan 38 yashar Farhodjon Imomnazarov bundan to‘qqiz yil muqaddam orqa miyasidan qilingan muvaffaqiyatsiz jarrohlik oqibatida birinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan.

Farhodjon shu kunda olayotgan 350 ming so‘m pensiyasi, hatto oziq-ovqatga ham etmayotganidan shikoyat qildi.

“Men bir o‘zim haqida aytmayapman, atrofimdagi pensiyaga yashayotgan barcha nogironlarning ahvolini ko‘rib aytyapman. Biz bir oyda agar yarim kilo go‘sht yesak ham xursand bo‘lardik. Bugun hukumat biz haqimizda deyarli g‘amxo‘rlik qilmay qo‘ydi. Qarzga yashayapmiz”, deydi Farhodjon.

Nogiron yigit Prezident va Bosh vazirga nogironlarning bugungi achchiq qismati haqida maktub yozganini, biroq ulardan javob ololmaganini ham aytdi.

Farhodjon uning kasaliga faqt Germaniyada davo borligini, lekin qo‘li kaltaligi bois bu orzusiga yetisholmayotganini aytadi:

“Men ham davolanib oyoqqa turishni, eng muhimi esa farzand ko‘rishni istayman. Ammo hozircha bu faqat orzu bo‘lib turibdi”, deydi nogiron yigit.

Farhodjon bilan suhbatni quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG