Линклар

logo-print

Qozog‘iston xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, shimoli-g‘arbiy Aqto‘be shahri yaqinida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida terrorchilikda gumon qilingan yana ikki shaxs qo‘lga olingan.

Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘zining veb sahifasida 11 iyun kuni e’lon qildi.

5 iyunda Rossiya chegarasi yaqinida joylashgan Aqto‘be shahrida o‘nlab noma’lum shaxslar tomonidan qurol-yaroq do‘koni va harbiy bo‘linmaga sodir etilgan qurolli hujumda mahalliy aholi vakillaridan to‘rt va harbiylardan uch kishi o‘ldirilgandi.

Shuningdek, otishmalar chog‘ida bir necha politsiyachi, harbiy va mahalliy turg‘un yaralangandi.

Qozog‘iston xavfsizlik kuchlari hujumlardan bir kun o‘tib hujumchilarni tutish amaliyotini boshladi.

Hozirga qadar o‘lganlar soni hujumchilar doxil 25 kishiga yetgan.

XS
SM
MD
LG