Линклар

11 iyun kuni Fransiyaning Marsel shahrida Rossiyalik futbol ishqibozlari ingliz futbol fanatlariga hujum qildi.

Zo‘ravonliklar Yevro-2016 chempionatida Angliya va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasida Velodrom stadionidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanishi ortidan yuz berdi.

Xabarlarga ko‘ra, rossiyalik fanatlar panjaralardan oshib o‘tib, stadionda bo‘lgan Angliya jamoasi muxlislari ustiga tashlanganlar.

11 iyunь tunida UEFA bayonot tarqatib, zo‘ravonliklar yuzasidan tekshiruvlar boshlagani va hujumlar tufayli Rossiya jazoga tortilishi mumkinligini bildirdi.

UEFA idoriy kengashi a’zolari Rossiya futbol ishqibozlari ishtirokidagi avvalgi zo‘ravonliklarni ham inobatga olishi mumkin.

Polьshada bo‘lib o‘tgan Yevro-2012 chempionatida rus futbol fanatlari stadionda tartibni saqlashga mas’ul xodimlarga hamla qilgandi.

UEFA o‘z bayonotida “Marseldagi hodisalarni qat’iyan qoralashi” va “zo‘ravon amallarga aralashgan insonlarga futbolda joy yo‘qligi”ni bildirdi.

Fransuz mediasi xabarlariga ko‘ra, Fransiya janubidagi Nitssa shahrida ham 11 iyun oqshomida Shimoliy Irlandiya jamoasi tarafdorlari va mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, politsiya aralashgan mazkur to‘qnashuvlarda yetti kishi jarohat olgan.

Marsel shahrida o‘tgan ikki kun ichida Rossiya, Angliya va Fransiya jamoalari tarafdorlari o‘rtasida bir necha to‘qnashuv qayd etilgandi.

Fransiya politsiyasning ma’lum qilishicha, 11 iyun kuni Marselning turli nuqtalarida futbol matchidan oldin yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida besh kishi jarohat olgan va olti kishi hibsga olingan.

Politsiya hibsga olinganlar va yaralanganlar shaxsi va fuqaroligini oshkor etmadi.

12 iyun kuni fransuz gazetalari Marseldagi to‘qnashuvlarda 35 kishi jarohat olgani va ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir ekani haqida xabar tarqatdi.

XS
SM
MD
LG