Линклар

Ozodlikka Yekaterinburg shahridan bog‘langan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Tojikistonda 1974 yilning 16 aprelida tug‘ilgan Ziyoev Yoqibali Sirojovichning Rossiya ishlashga ruxsatnoma olish uchun tayyorlagan hujjatlarini topib olganini xabar qildi. Ismini sir saqlagan muhojir Yoqibali +89655224262 raqamiga telefon qilishi mumkin, demoqda.

Ozodlikka bog‘langan o‘zbekistonlikka ko‘ra, hujjatlarni to‘rt kun muqaddam shaharda 25-yo‘nalishda qatnaydigan tramvayda topib olgan.

Uning aytishicha, Federal migratsiya xizmatiga topishirishga tayyor qilib qo‘yilgan hujjatlarni yig‘ish uchun kamida 15 ming, ko‘pi bilan esa 20 ming rubl (qariyb 350 AQSh dollari) mablag‘ sarflangan bo‘lishi mumkin:

- Buncha pulni topish oson emas. Tramvayning konduktori: "Bu hujjatlar qizil shapka kiygan bir yigitning qo‘lida turgan edi, sening yurtdoshing", dedi, o‘zbekistonlik, deb o‘ylagan. Shu bo‘yi mening ishxonamda turibdi. Tojikistonlik tanishlarimga aytib chiqdim, lekin bunaqa bolani taniganlar yo‘q ekan. Sizlarga e’lon beray, zora egasi topilsa, - deydi ismini sir saqlagan o‘zbekiston muhojir.

Quyida bu kishi bilan suhbatni tinglang:

XS
SM
MD
LG