Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:06

Kanada sudi Eron mulklarini hujumlar qurbonlariga o‘tkazishga buyurdi


Kanada sudi Eronga tegishli mulklarni Tehron qo‘llovi bilan amalga oshirilgan hujumlar qurbonlariga o‘tkazib berishni buyurdi

Kanadalik sudьya Eronga tegishli mulklarni Tehron dastaklovchi Xamas hamda Hizbulloh guruhlari amalga oshirgan hujumlarda jabrlanganlarga o‘tkazib berishni buyurdi.

Yil boshida AQShda ham terror hujumi qurboni bo‘lganlarning oila a’zolari Tehronga qarshi sud ishida engib chiqqan edi.

Tehron esa sudning bu qarorini keskin qoralab, xalqaro sudga arzlandi.

Kanada sudi qaroriga binoan 11 million dollar qiymatga ega diplomatik bo‘lmagan mulklar Buenos-Ayres, Isroil, Livan hamda Saudiya Arabistonida 1983-2002 yillarda amalga oshirilgan portlashlar yoki asir olishlar qurboni bo‘lganlarning oila a’zolariga o‘tkazib berilishi kerak. Bu hujumlarda yuzlab odam o‘lgan.

AQShdagi sudlar kabi, Ontario oliy sudi Eronni Xamas bilan Hizbulloh a’zolarini tayyorlashda hamda guruhlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishda aybdor deb topdi.

AQSh oliy sudi Eronga tegishli 2 milliard dollar qiymatga ega mulkni jabrlanuvchilar oila a’zolariga o‘tkazib berishni buyurgan.

Ammo bu qaror hali amalga oshirilgani yo‘q. Tehron bu masala yuzasidan xalqaro sudga murojaat qilishini aytib keladi.

Ontario oliy sudi sudьyasi Glenn Xeyniy o‘z qarorini e’lon qilar ekan, “Terrozim dunyodagi eng yirik xavflardan biridir”, dedi.

“Sud oldidagi asosiy masala terrorizmni dastaklagan Eron Kanada sudlari yurisdiktsiyasi oldida daxlsizlik huquqiga ega ekanligi yoki yo‘qligidir”, dedi Xeyniy.

Kanadadagi Eronga qarshi jinoiy ish qurbonlarga va ularning oila a’zolariga terrorizmni dastaklovchi hukumatlardan kompensatsiya talab qilish huquqini beruvchi qonun asosida ochildi.

Bu qonun 2012 yil kuchga kirgan.

Kanada Eron va Suriyani terrozimni qo‘llovchi davlat deb hisoblaydi.

Sudning bu qarori Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo uchun noqulay paytda e’lon qilindi. Tryudo hukumati Eron bilan diplomatik aloqalarni tiklashga, hafta boshida Tehronda biror ayblovsiz qo‘lga olingan montreallik professorni ozod qilishga urinmoqda.

Terrozimga qarshi Kanada birlashmasi a’zosi Denni Ayzen “Kanada Eron bilan aloqalarni tiklashga intilar ekan, Eron o‘z terroristik faoliyati va inson huquqlarini poymol qilishi uchun Kanada sudlarida javobgarlikka tortilishi o‘ta muhimdir”, dedi.

Sud qaroridan Eronning Ottavadagi diplomatik binolari ozoddir. Ammo diplomatik bo‘lmagan mulklar hamda ayrim bank hisoblaridagi mablag‘lar Eron dastaklagan guruhlar faoliyati tufayli jabr ko‘rganlarning oila a’zolariga o‘tkazib berildi.

Tehron hali sud qaroriga o‘z munosabatini bildirgani yo‘q.

Eron boshida sud ishiga e’tibor bermadi. Chiqargan qarorlari Kanadada ham amalga oshirilishini istayotgan AQSh sudlari bildiruvidan keyin Tehron Torontoda joylashgan huquqshunoslik firmasiga murojaat qildi.

Tehron himoya sifatida sud qog‘ozlarini tegishli tartibda olmaganini, sud ishi o‘ta kech ochilganini, jabrlanuvchilar talab qilayotgan miqdorlar haddan tashqari ko‘pligini aytdi.

Xeyniy Tehron boshida “tizim bilan o‘ynashib” o‘zini himoya qilmagani ta’kidladi. Xeyniy yana Eronning argumentlari asossiz ekanligini aytib, AQSh sudlari qarorini bekor qilishdan bosh tortdi.

XS
SM
MD
LG