Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:35

Floridadagi gey-klubda yuz bergan otishmada kamida 20 kishi halok bo‘ldi


AQShning Florida shtati politsiyasining aytishicha, Orlando shahridagi tungi gey-klubida yuz bergan otishmada kamida 20 odam halok bo‘ldi va yana kamida 42 odam jarohat oldi.

Bu haqda Orlando politsiyasi boshlig‘i Jon Mina matbuot yig‘inida ma’lum qildi.

Gey-klubga kirib o‘t ochgan shaxs ham otishmada o‘ldirilgan.

Bu haqda Florida shtati politsiyasi tvitter orqali ma’lum qildi.

Avvalroq qurolli hujumchi odamlarni garovga olgani xabar qilingan edi.

Otishma mahalliy vaqt bilan tungi soat ikkida boshlangan.

Soat beshda politsiya garovga olinganlarni qutqarish amaliyotini boshlagan.

Klubga o‘nlab tez yordam mashinalari etib kelgan.

Jon Mina hujumchining qurollangani va politsiya unda "qandaydir shubhali uskuna borligini" aniqlaganini aytdi.

Federal Qidiruv Byurosining vakili Denni Benk ommaviy qotillik terrorizm amali sifatida tadqiq etilishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya hozirda hujum ichki yoki xalqaro terrorchilik amali bo‘lganini aniqlashga harakat qilayotir.

XS
SM
MD
LG