Линклар

AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) boshlig‘i Jon Brennan fikriga ko‘ra, 11 sentyabr hujumlariga oid Kongressdagi xufiya qo‘shma hisobotning nashr etilishi terrorchilarning Saudiya Arabistoni bilan ehtimoliy aloqalariga oid barcha shubhalarni yo‘qqa chiqaradi.

2002 yilda ushbu hisobotdan 28 varaqning olib qo‘yilishi va unga davlat siri maqomining berilishi hujumchilarning Saudiya Arabistoni hukumati bilan aloqada bo‘lgan degan gap-so‘zlarni urchitib yuborgandi.

Ba’zi amerikaliklar hattoki etkazilgan zararni qoplash talabi bilan Saudiya Arabistonini sudga berishga harakatiga tushgan.

Biroq MRB boshlig‘ining ishontirishicha, hisobotdan terrorchilar va Saudiya Arabistoni hukumati o‘rtasida aloqa bo‘lmagani oydinlashadi.

Hisobotni to‘laligicha nashr etish bo‘yicha yakuniy qaror shu oy ichida chiqishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG