Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:18

Liviya qo‘shinlari "Islomiy davlat" qayta ishg‘ol etish bo‘yicha amaliyot boshladi


Liviya hukumati bilan ittifoq tuzgan kuchlar 12 iyun kuni "Islomiy davlat" bosh qarorgohi hisoblangan Sirtani egallash uchun amaliyot boshladi.

Biroq "Islomiy davlat" guruhi jangchilari xudkushlik amaliyotlari bilan hukumat qo‘shinlarini to‘xtatib qolmoqda.

Dengiz bo‘yidagi Sirta shahrini "Islomiy davlat" 2015 yilda bosib olgan va uni Shimoliy Afrikadagi amaliyotlari uchun asosiy bazaga aylantirgan.

"Islomiy davlat" jangarilari ilgarilayotgan Liviya hukumati qo‘shinlarini to‘xtatib qolish uchun uchta intihoriy hujumni amalga oshirgdilar, deya xabar berdi hukumat matbuoti.

Hukumat qo‘shinlarining so‘zchisi Reda Isaning aytishicha, xudkush bomba hujumlarida kamida bir kishi halok bo‘lgan va to‘rt kishi yaralangan.

11 iyunda Liviya qo‘shinlari Sirta bandargohini qo‘lga kiritilgani haqida xabar tarqatgandi.

Hozirda Iroq va Suriyadan tashqarida "Islomiy davlat"ning asosiy qarorgohi hisoblangan Sirta hokimiyatdan ag‘darilgan Muammar Qaddofiyning ona shahridir.

XS
SM
MD
LG