Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:18

Floridadagi tungi gey-klubga hujumda 50 kishi halok bo‘ldi


Florida shtati Orlando shahridagi tungi gey-klubda yuz bergan otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi AQSh rasmiylari.

Orlando hokimi Baddi Dayer 12 iyun soat ertalabki ikkida boshlangan otishmada yana 53 kishi shifoxonaga yotqizilganini aytdi.

Baddi Dayer hodisani AQSh tarixidagi eng halokatli ommaviy otishma, deb atadi.

Dayerga ko‘ra, hujumchi odamlarni o‘t ochar quroldan nishonga olgan.

Avvalroq politsiya Pulse nomli klubga otishma boshlanishidan uch soat o‘tib bostirib kirib, odamlarni garovga olgan hujumchini otib tashlaganini bildirgandi.

Hujumchi 1986 yilda tug‘ilgan Umar Matin ismli shaxs bo‘lgani aytilmoqda.

CBS News ota-onasi Afg‘onistondan bo‘lgan Umar Matinning Floridaning Port Seynt Luis shahrida yashaganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG