Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:52

Surxondaryoda afg‘onistonlik uch narkofurush qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyatida milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan katta miqdorda giyohvand moddalar olib o‘tgan bangfurushlar qo‘lga olindi.

“Interfaks” agentligining shanba kuni xabar berishicha, qo‘lga olingan uch afg‘onistonlikdan 14 kilo afyun xom ashesi va 5 kilogramm nasha musodara qilingan.

Qo‘lga olinganlar Afg‘onistonning Jauzjon va Saripul viloyatlarida yashovchi 26, 30 va 32 yoshli shaxslar bo‘lgan.

O‘zbekiston hukumatining bildirishicha, 2015 yilda mamlakatda 2,5 tonnadan ortiqroq giyohvand modda musodara qilingan va narkotik savdosi bilan shug‘ullanganlik aybi bilan 138 xorijlik qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlarning 33 nafari afg‘onistonlikdir.

XS
SM
MD
LG