Линклар

logo-print

Kiev va Donetsk ayrimachilari bir - birlarini Donbasda o‘q otishni to‘xtatish kelishimini buzganlikda aybladi.

Ukraina harbiylarining bildirishicha, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi janggarilari 12 iyun kuni hukumat kuchlari pozitsiyasini 800 marta o‘qqa tutgan. Donetsk ayrimachilari esa hukumat kuchlari ularga qarata 600 martta o‘q otgannini ma’lum qildi.

Ukraina prezidentining mamlakat sharqidagi harbiy amaliyotlar bo‘yicha vakili Aleksandr Motuznyak yakshanba kuni bir sutka davomida12 ukrain harbiysi yaralanganini aytdi. Unga ko‘ra, artileriya ishtirokidagi janglar Donetsk, Mariupol va Lugansk yaqinida bo‘lib o‘tgan. Ayrimachilar esa 4 jangchi halok bo‘lganini bildirdi.

Ukraina Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda harbiy harakatlar borshlangan 2014 yilning bahoridan beri to shu kungacha Donbassda 2600 ukrain harbiysi halok bo‘lgan va 9 ming harbiy yaralangan.

XS
SM
MD
LG