Линклар

logo-print

Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida uyushtirilgan hujum ishtirokchilarining barchasi qo‘lga olindi. Bu haqda yakshanbaga o‘tar kechasi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Aqto‘bedagi so‘nggi aksilterror amaliyoti paytida yana uch kishi qo‘lga olingan va ular hujumlarni uyushtirganlikda gumonlanib qidiruvga berilganlarning eng so‘nggilaridir.

Xabarda aytilishicha, bir hafta davom etgan aksilterror amaliyoti paytida 18 terrorchi yo‘q yo‘q qilingan, 9 hujumchi hibsga olingan.

5 iyunda Rossiya chegarasi yaqinida joylashgan Aqto‘be shahrida o‘nlab noma’lum shaxslar tomonidan qurol-yaroq do‘koni va harbiy bo‘linmaga sodir etilgan qurolli hujumda mahalliy aholi vakillaridan to‘rt va harbiylardan uch kishi o‘ldirilgandi.

Qozog‘iston xavfsizlik kuchlari hujumlardan bir kun o‘tib hujumchilarni tutish amaliyotini boshlagan.

XS
SM
MD
LG