Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:58

Obama Orlando gey klubidagi qirg‘inni "terror harakati" deb atadi


Orlando politsiyasi Umar Matin bostirib kirgan klub oldida.
Orlando politsiyasi Umar Matin bostirib kirgan klub oldida.

AQSh Federal Tergov byurosining bildirishicha,Florida shtati Orlando shahridagi gey klubga hujum qilgan Umar Matin hujum oldidan politsiyaga telefon qilib, “Islomiy davlat” guruhiga bayat bergani haqida aytgan. Yakshanbaga o‘tar kechasi Umar Matin gey klubga hujum qilib, 50 odamni otib o‘ldirgan edi. Bu AQSh yaqin tarixida 2011 yilda Nyu-Yorkka qilingan terror harakatidan keyingi eng qonli voqea bo‘ldi.

"Har qanday amerikalikka qilingan hujum barcha amerikaliklarga qaratilgan hujum”dir

Ota-onasi Afg‘onistondan bo‘lgan 29 yoshli Umar Mir Siddiq Matin Florida shtati Orlando shahridagi Pulse gey klubiga hujum qilganidan uch soat o‘tib, politsiya tomonidan otib o‘ldirildi.

Orlando gey klubida halok bo‘lganlarning yaqinlari.
Orlando gey klubida halok bo‘lganlarning yaqinlari.

Prezident Barak Obama klubga qilingan hujumni “nafrat hujumi” va “terror harakati” deb atadi.

- Bu terrorchilik harakati va nafrat akti bo‘ldi. Amerikalik sifatida biz bu og‘ir damlarda birdammiz va o‘z xalqimizni himoya qilish niyatida qat’iymiz, - dedi Barak Obama.

AQSh prezidentiga ko‘ra, hukumat tuzilmalari mazkur voqea yuzasidan barcha faktlarni o‘rganayotir, ammo hozircha hujumning asl motivlari mavhum bo‘lib qolmoqda.

Obama “irqi, milliy, diniy mansubligi yoki jinsiy orientasiyasidan qat’iy nazar har qanday amerikalikka qilingan hujum barcha amerikaliklarga qaratilgan hujum” sifatida baholanishini aytdi.

“Islomiy davlat” guruhiga moyil bo‘lgan Amaq agentligi Orlandodagi gey - klubga qilingan hujum uchun mas’ulityatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga olgani haqida xabar tarqatdi.

Sitora Yusufiy: Matin zo‘ravonlikka moyil edi

Avvalroq AQSh tergovchilari Matin “Islomiy davlat” yoki boshqa xalqaro terror guruhiga mansubligi haqida hech qanday dalillar topilmaganini bildirgan edi.

Umar Matin
Umar Matin

Senator Bill Nelson 12 iyun kuni CBS kanaliga bergan suhbatida Matin radikallashgan shaxs bo‘lganini aytdi:

- Men razvedka xodimlaridan bu ma’lumotni tekshirdim va ular “Islomiy davlat” bilan qandaydir aloqadorlik bor, deb hisoblashlarini aytishdi. Lekin men bu rasmiy versiya emasligini ayta olaman, - dedi Bill Nelьson.

Afg‘onistonlik immigrantlarning farzandi bo‘lgan Umar Matin Nyu-Yorkda tug‘ilgan va keyinchalik ota-onasi bilan Floridaga ko‘chib o‘tgan. Floridada ikkita kollejni, jumladan, sud huquqi sohasini bitirgan Umar Matin 2007 yildan boshlab xususiy qo‘riqlash shirkatlaridan birida ishlagan.

Matin 2009 yilning martida O‘zbekistonda tug‘ilib, keyinroq AQShga ko‘chib o‘tgan Sitora Alisherzoda Yusufiyga uylangan. 2011 yilda esa ular ajrashgan.

Sitora Yusufiy Washington Post gazetasiga bergan suhbatida ularning ajralishiga Umar Matinning zo‘ravonlikka moyilligi sabab bo‘lganini aytgan. Yusufiyga ko‘ra, Umar Matin uni ishdan uyga keliboq turli bahonalar topib muntazam kakltaklab kelgan.

Siddiq Matin o‘g‘lining qotilligi uchun amerikaliklardan uzr so‘radi

Florida shtatidagi Fort-Pirs shahri masjidi imomi Shafiq Rahmon Washington Post gazetasiga Umar Matin otasi va o‘g‘li bilan masjidga kelishni kanda qilmaganini aytgan.

“Matin juda kamgap, hech kim bilan hech qachon gaplashgan emas. U kelib namozini o‘qir va indamay ketar edi. U bunday zo‘ravonlikni amalga oshirishi mumkinligi hech kimning hayoliga kelmagan”, deb bildirgan imom.

Orlando klubida yaralanganlar olib kelingan shifoxona oldida.
Orlando klubida yaralanganlar olib kelingan shifoxona oldida.

Umarning otasi Siddiq Matin esa o‘g‘lining gey –klubga bostirib kirib, odamlarni o‘ldirishiga diniy motivlar emas, balki gomoseksuallarga qarshi shaxsiy nafrat sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi.

Siddiq Matinning aytishicha, bir necha oy avval Umar Mayamida uch yashar o‘g‘li bilan ketayotganida odamlar ko‘z o‘ngida o‘pishayotgan ikki erkakni ko‘rib qolgan va juda g‘azablangan.

“Biz bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘raymiz. Biz ham barcha amerikaliklar kabi shok holatidamiz”, dedi Siddiq Matin NBC News kanaliga bergan suhbatida.

Matin FBR kuzatuvida bo‘lgan

Federal Tergov byurosi agenti Ronald Xopper Umar Matin maxsus xizmatlar kuzatuvida bo‘lgani va ikki marta qo‘lga olinib, keyin qo‘yib yuborilganini aytdi.

Birinchi marta Umar Matin2013 yilda, ikkinchi marta 2014 yilda terrorchilarga moyillikda gumonlanib suhbatga chaqirilgan. Ammo suhbat paytida uning jamiyat uchun xavfsiz ekani aniqlanib, qo‘yib yuborilgan.

12 may kuni Florida shtati Orlando shahridagi tungi gey-klubga qurol bilan bostirib kirgan Umar Matin 50 kishini o‘ldirgan. Orlando hokimi Baddi Dayer 12 iyunь soat ertalabki ikkida boshlangan otishmada yana 53 kishi shifoxonaga yotqizilganini aytgan.

Umar Matin Floridaning Port Seynt Luis shahrida yashagan.

XS
SM
MD
LG