Линклар

Mamlakatdagi barcha qamoqxonalar va tergov izolyatorlarida 20 iyundan boshlab 10 kun davomida mahkumlarga qarindoshlari bilan ko‘rishish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilar tashabbus guruhi xabariga ko‘ra, bu cheklov Toshkentda o‘tishi rejalangan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti xavfsizligi bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tishi kutilayotgan ShHT sammiti bois poytaxtga kirish va chiqish yo‘llari butunlay berkitilishi mumkin.

Ozodlikning huquq-tartibot tizimlaridagi bir-biridan mustaqil manbalari, bu xabarni tasdiqladi.

Ulardan birining aytishicha, hukumatning maxsus ruxsatnomasi bilangina, sammit paytida Toshkent shahriga kirish va chiqish mumkin bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG