Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:29

IShID Orlandodagi hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi


“Islomiy davlat” terror guruhi Orlandoda 50 odam o‘limiga sabab bo‘lgan hujum uchun mas’luiyatni o‘z zimmasiga oldi.

"Al-Bayan" islomiy radiosi xabariga ko‘ra, gey klubga hujum qilgan Umar Matin “Islomiy davlat”ning Amerikadagi janggarilaridan biri bo‘lgan.

“Islomiy davlat” guruhiga moyil bo‘lgan Amaq agentligi ham Orlandodagi hujumni IShID janggarilaridan biri amalga oshirgani haqida xabar qilgan.

AQSh Federal Tergov byurosi ma’lumotiga ko‘ra, Umar Matin hujum oldidan politsiyaga telefon qilib, “Islomiy davlat” guruhiga bay’at bergani haqida aytgan.

Yakshanbaga o‘tar kechasi Umar Matin gey klubga hujum qilib, 50 odamni otib o‘ldirgan edi. Bu AQSh yaqin tarixida 2011 yilda Nyu-Yorkka qilingan terror harakatidan keyingi eng qonli voqea bo‘ldi.

Ota-onasi Afg‘onistondan bo‘lgan 29 yoshli Umar Mir Siddiq Matin Florida shtati Orlando shahridagi Pulse gey klubiga hujum qilganidan uch soat o‘tib, politsiya tomonidan otib o‘ldirildi.

Matin 2009 yilning martida O‘zbekistonda tug‘ilib, keyinroq AQShga ko‘chib o‘tgan Sitora Alisherzoda Yusufiyga uylangan. 2011 yilda esa ular ajrashgan.

Sitora Yusufiy Washington Post gazetasiga bergan suhbatida ularning ajralishiga Umar Matinning zo‘ravonlikka moyilligi sabab bo‘lganini aytgan. Yusufiyga ko‘ra, Umar Matin uni ishdan uyga keliboq turli bahonalar topib muntazam kakltaklab kelgan.

XS
SM
MD
LG