Линклар

“Islomiy davlat” guruhi nazorati ostidagi Falluja shahridan yana to‘rt ming iroqlik qochib chiqdi. Bu Iroq qo‘shinlari tinch aholi vakillariga Fallujadan chiqish uchun xavfsiz yo‘lak tashkil qilganidan so‘ng olingan raqamlardir.

Iroqdagi ichki qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatayotgan Norvegiyaning qochqinlar bo‘yicha kengashi ma’lumotiga ko‘ra, IShID janggarilari Fallujada faollashganidan buyon shaharni 27580 kishi tark etgan.

Mazkur kengash xabariga ko‘ra, IShID har bir odamdan 130 dollardan pul olib, unga shaharni tark etishiga imkon berayapti.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, Fallujada 90 ming atrofida odam ichimlik suv va oziq-ovqat muammosidan aziyat chekayapti.

Taxminlarga ko‘ra, Fallujada shu kunda 1200 nafarga yaqin jangari bor. Bu shahar 2014 yil yanvaridan buyon “Islomiy davlat” guruhi nazoratida.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 22 may kuni Fallujani ozod qilish amaliyotlarini boshladi.

XS
SM
MD
LG