Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:02

ShHT sammiti kunlari Toshkentdagi Fransiya elchixonasi arizachi qabul qilmaydi


Toshkentdagi Fransiya elchixonasi 20 iyundan boshlab bir hafta davomida tashrifchilarni qabul qilmasligini e’lon qildi. Buni elchixona “o‘z hududida qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan” deya izohlagan.

Elchixona matbuot xizmatiga ko‘ra, 20-24 iyun kunlari elchixonaning Vizalar bo‘limi yopiq bo‘ladi va vizaga hujjat qabul qilmaydi.

“Fransiyaga yoki Toshkentdagi Frantsiya elchixonasi viza beradigan boshqa bir davlatga yaqin kunlarda borishni rejalagan shaxslar uchun qulaylik yaratish maqsadida Vizalar bo‘limi 13-17 iyun kunlari soat 9.00 dan 12.00 gacha hamda 15.00 dan 17.30 gacha vizaga hujjat topshiruvchilarni qabul qiladi”, deyiladi elchixona xabarnomasida.

Shu yilning 23-24 iyun kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tishi kutilmoqda. Sammit arafasida poytaxtga kirish-chiqish yo‘llari nazoratga olindi, shaharlararo avtobus va poezd qatnoviga cheklov joriy qilindi. Ozodlikka kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdagi sammit xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus xizmat va militsiya xodimlaridan tashqari o‘t o‘chiruvchilar ham jalb qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG