Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:35

Qirg‘izistonda muxolifat faoli hibsga olindi


Qirg‘izistonda parlamentning sobiq deputati, hozir esa muxolifat faoli bo‘lgan Dastan Sarig‘ulov qo‘lga olindi. Yoshi 70 ni qoralagan muxolifatchi ayni paytda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga qarashli vaqtincha saqlash hibsxonasida tutib turilibdi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Sarig‘ulov hokimiyatni kuch bilan egallab olishga hozirlik ko‘rganlikda ayblanayotgan qator shaxslarga oid jinoyat ishi tergovi doirasida yangi holatlar aniqlanishi munosabati bilan ushlangan. Avvalroq bu ish bo‘yicha muxolifatchilar Bektur Asanov, Qubanichbek Qadirov va Ernest Qaribekov hibsga olingandilar.

Dastan Sarig‘ulovga korrupsiya bo‘yicha ayblov ham qo‘yilishi mumkin. Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga ko‘ra, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov boshqarmasi “Qumtor” loyihasi bo‘yicha jinoyat ishi doirasida “Kameko”, “Qumtor Opereyting”, “Qumtor gold”, “Senterra Gold” shirkatlari sobiq prezidenti Leonard Xomenyukning arizasini ko‘rib chiqayapti. Unda arizachi “Qumtor” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni 1992-1999 yillar oralig‘ida Qirg‘iziston tomonidan boshqargan “Qirg‘izoltin” kompaniyasi sobiq prezidenti Dastan Sarig‘ulov faoliyatidagi korrupsiya faktlari yuzasidan ko‘rsatma bergan.

XS
SM
MD
LG