Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:00

Pokistonda ulamolar “nomus uchun odam o‘ldirish”ga qarshi fatvo chiqardilar


Pokistonlik mo‘’tabar ulamolar guruhi ayollarga qator xurujlardan so‘ng “nomus uchun odam o‘ldirish”ga qarshi fatvo chiqardilar.

“Ittihod” deb nomlangan sunniy ulamolar sho‘rosi o‘smir qizini yoqib yuborgan ona qilmishi kabi jinoyatlarni “gunohi kabira”, ya’ni katta gunoh, deb atadi. Pokistonning Lohur shahrida Zinat Bibi ismli qiz ota-onasining ruxsatisiz sevgan kishisiga turmushga chiqqani uchun onasi tomonidan yoqib yuborilgani haqida Ozodlik avval xabar qilgandi.

Tarkibiga yuzdan ziyod ulamo kirgan sho‘ro sharhida: “Aftidan, biz johiliyat davriga qaytayotganga o‘xshaymiz. O‘zi tanlagan odamiga turmushga chiqqani uchun ayollarni tiriklayin yoqib yuborish Islom ahkomiga ziddir”, deyiladi. Fatvoda hukumat aybdorlarni jazolashga chaqirilgan.

Pokistonda har yili yuzlab ayol “oila sha’nini himoya qilgan” qarindoshlari dastidan halok bo‘ladi. Ularning ko‘pi jazodan qutulib qoladi. Ammo jamiyat so‘nggi paytlarda buning muammoga aylanganini yaxshiroq anglay boshlagan.

XS
SM
MD
LG