Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama Orlandodagi gey klubda 49 kishini otib o‘ldirgan shaxs xorijdan turib boshqarilganiga hech bir aniq dalil yo‘qligini aytdi. Obamaning bildirishicha, 12 iyun kuni odamlarni yoppasiga otgani aniqlanmish AQShda tug‘ilgan afg‘on aslli Umar Matin ekstremistlar ta’siri ostida bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq u birovning yo‘rig‘i bilan harakat qilgani yoki katta guruhning bir qismi bo‘lganiga bevosita dalil yo‘q.

Obamaga ko‘ra, tungi klubdan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, “Islomiy davlat” guruhiga bay’at qilganini bildirgan 29 yoshli Umar Matin Internetdagi ekstremistik ma’lumotlardan ilhomlangan bo‘lishi mumkin.

Matin tungi klubda odamlarni ota boshlaganidan uch soat o‘tib, politsiya tomonidan o‘ldirilgandi. Ungacha hujumchi 50 chog‘li odamni o‘ldirgan. “Islomiy davlat” guruhi odamlarni otgan shaxs ularning Amerikadagi askarlaridan biri bo‘lganini iddao qilgan.

XS
SM
MD
LG