Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:23

Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi otishmadan so‘ng vaziyat tarangligicha qolmoqda


Afg‘oniston bilan Pokiston o‘rtasidagi Haybar dovonida joylashmish chegara punktida 13 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan otishmadan keyin u yerda hamon tarang vaziyat hukm surmoqda. Afg‘oniston huquq-tartibot idoralarining ma’lum qilishicha, kecha u yerda bir afg‘on askari o‘lgan, olti nafari yaralangan. Ular afg‘on harbiylari neytral deb bilgan hududda pokistonliklar olib borayotgan qurilishni to‘xtatishni talab qilgan paytda Pokiston tomoni o‘t ochganini iddao qilmoqdalar.

Pokiston tomoni esa otishmani birinchi bo‘lib afg‘on chegarachilari boshlaganini ta’kidlayapti. Ularning iddaosicha, qurilish ketayotgan yer ham Pokiston hududida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston tomonidan ikki chegarachi va 9 nafar tinch fuqaro yarador bo‘lgan. Voqeadan so‘ng Pokiston rasmiylari Afg‘onistonning bu mamlakatdagi elchisini rasmiy shikoyatnoma topshirish uchun chaqirganlar.

Afg‘oniston bilan Pokiston o‘rtasidagi chegara chizig‘i 2200 kilometrga uzangan.

XS
SM
MD
LG