Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:14

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ikki yil ichida 3,5 baravarga kamaydi


Rossiya Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilning birinchi kvartalida jismoniy shaxslarning MDH davlatlariga pul o‘tkazmalari miqdori 914 million dollarni tashkil etgan.

2014 yilning ilk kvartalida pul o‘tkazmalari 3,3 milliard dollarga yetgandi.

Tahlilchilar pul o‘tkazmalarining keskin ozayishini Rossiyada davom etayotgan iqtisodiy bo‘hron va rus rubli qurbining tushib ketishi bilan izohlashadi.

Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha MDH davlatlari lideri O‘zbekiston hisoblanadi.

2016 yilning ilk choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 256 million dollar yuborilgan.

Ikki yil muqaddam yuborilgan pul miqdori 910 million dollarni tashkil etgani hisobga olinsa, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 3,5 baravarga kamaygani anglashiladi.

XS
SM
MD
LG