Линклар

Nufuzli sayohat jurnali - National Geographic Traveler - O‘zbekistonni ko‘proq sayyoh borishga arziydigan 10 mamlakat qatoriga kiritdi.

O‘zbekiston sayohat qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar ro‘yxatida 6-o‘ringa qo‘yilgan.

Bu ro‘yxatda sobiq Sovet respublikalaridan Armaniston va Gurjiston ham bor.

National Geographic Traveler-ga ko‘ra, "prezident Karimovning o‘ta ehtiyotkorligi hisobga olinmasa, O‘zbekiston sayyohlar uchun juda xavfsiz joydir".

Jurnal O‘zbekistondagi tarixiy shaharlar - Samarqand va Buxoro so‘nggi yillarda qaytadan ta’mirlanganini ham ilova qilgan.

Nashr O‘zbekistonning tabiati, tarixiy obidalari va mahalliy xalqning mehmondo‘stligini alohida qayd etgan.

Shu bilan birga National Geographic sayyohlarga mahalliy aholi bilan O‘zbekistonda "birinchi va oxirgi prezident" sifatida tanilgan shaxs haqida bahslashishni tavsiya qilmagan.

XS
SM
MD
LG