Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:30

Putin to‘satdan armiyadagi jangovar holatni tekshirishga buyruq berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazishga buyruq berdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning xabar berishicha, to‘satdan tekshiruv armiyadagi "jangovar tayyorlikni baholash uchun" zarur.

Uning ilova qilishicha, qo‘shinlarni "turli darajadagi qurolli mojarolar va inqiroziy vaziyatlarga" tayyorlash kerak.

Sergey Shoygu tekshiruvlar 22 iyunga qadar davom etishini aytdi.

2014-2015 yillarda Rossiya armiyasida ko‘plab harbiy mashg‘ulotlar va kutilmagan tekshiruvlar o‘tkazildi.

Sentyabr oyida "Sentr-2015" nomli harbiy mashg‘ulotda 100 mingga yaqin harbiy, 7 mingdan ziyod harbiy texnika, 170ga yaqin samolyot va 20 korabl ishtirok etgandi.

Ukraina hukumati bu mashg‘ulot ortidan o‘z chegarasi yaqinida Rossiya qo‘shinlari soni oshgani, Donbasdagi vaziyat yomonlashganini qayd etgandi.

G‘arb davlatlari Rossiyada harbiy mashg‘ulotlarning haddan ziyod o‘tkazilishidan bir necha marta xavotir izhor etgan.

XS
SM
MD
LG