Линклар

RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, Tataristonda balog‘atga yetmagan olti nafar qizni zo‘rlagan O‘zbekistonlik Eduard Sagiyan 10 yilga qattiq tartibdagi koloniyaga jo‘natildi.

Agentlikning tergov xulosalariga tayanib xabar berishicha, 2008 yil iyunidan 2015 yil yanvariga qadar Sagiyan besh nafari balog‘at yoshiga yetmagan olti qizni ko‘p marta zo‘rlagan.

Tatariston prokuraturasi Sagiyanni "162 jinoyat amalida" ayblagan.

Tergov ishi, xabarlarga ko‘ra, qurbonlar tergovchilar bilan aloqaga chiqishga qo‘rqqanlar.

Hozirga qadar yetti marta sudlangan Eduard Sagiyan o‘z aybiga iqror bo‘lmagan, deya xabar beradi RIA Novosti Tatariston tergov idorasiga iqtibosan.

XS
SM
MD
LG