Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:44

Umar Matin o‘zi hujum qilgan gey klubning hamisha-hozir mijozlaridan bo‘lgan


AQShning Florida shtati Orlando shahridagi Pulse tungi gey-klubga qurolli hujum qilib, 50 odamni o‘ldirgan Umar Matin ilgarilari o‘sha klubning hamisha-hozir mijozlaridan bo‘lgan.

Asli kelib chiqishi afg‘onistonlik Umar Matinni bir necha guvoh hamjinsbozlar klubida ko‘p marta ko‘rganini aytgan.

Gey-klub mijozlariga ko‘ra, Umar Matin ba’zan haddan ziyod ichib yuborib, janjal boshlagan paytlari ham bo‘lgan.

Avvalroq matbuotda Umar Matin hamjinsbozlardan nafratlangani uchun gey-klub mijozlariga hujum qilgan, degan xabarlar urchigandi.

Orlandodagi gey-klubda otishma 12 iyun tunida yuz berdi.

Avtomat va to‘pponcha bilan qurollangan Umar Matin klubga kirib, ichkaridagilarni ota boshlagan.

Natijada 50 kishi halok bo‘ldi va ellikdan ko‘proq odam yaralandi.

Otishma boshlanishidan uch soatcha o‘tib politsiya Umar Matinni otib tashladi.

AQSh rasmiylari hodisani "terrorchilik amali", deya tasniflashgan.

XS
SM
MD
LG